Saudiya Arabistoni qirolligi qarorgohi yaqinida otishma yuz berdi (video)

  • Dunyo
  • 22-04-2018, 14:53
  • 668
  • Саудия Арабистони қироллиги қароргоҳи яқинида отишма юз берди (видео)
    Saudiya Arabistoni qiroli Salmon King Khaled harbiy bazasidagi bunkerga evakuatsiya qilindi. Bu haqda 21 aprelda Twitter’da jurnalist Ali Al-Ahmad ma’lum qildi.

    Breaking News Global Ar-Riyoddagi qirollik saroyida otishma va portlash ovozlari eshitilganini ma’lum qilgan. Shu sababli ba’zi ommaviy axborot vositalari qirollikda davlat to‘ntaruviga urinish bo‘lganini ma’lum qilgan.

    Biroq The Wall Street Journal jurnalisti Margarita Stankatining ta’kidlashicha, hech qanday jiddiy holat yuz bermagan. Shunchaki qirol qarorgohiga o‘yinchoq dron yoki samolyotcha juda yaqin uchib kelgan. Bu haqda mahalliy manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.


    » » Saudiya Arabistoni qirolligi qarorgohi yaqinida otishma yuz berdi (video)
    Яндекс.Метрика