Skandinaviyaning "maftunkor uylar"ini ko‘rib zavq oling (foto)

  • Dunyo
  • 22-04-2018, 20:03
  • 1 226
  • Скандинавиянинг "мафтункор уйлар"ини кўриб завқ олинг (фото)
    Skandinaviya mamlakatlari — sayohatchilar uchun haqiqiy jannat. Qishki sehrgar Santa-Klaus aynan shu yerda yashaydi, Mumi-trollning uyi ham shu yerda joylashgan. Bu shimoliy hududlarning landshafti esa filmlar dekoratsiyasining ayni o‘zginasi, deb yozadi TravelAsk'ga asosan Daryo nashri.

    Ularning o‘ziga xos jihati — yam-yashil tomlar. Bu yerda bunday uylar ko‘p asrdan buyon qurib kelinadi. Uylarni «ko‘kalamzorlashtirish»ning bu an’anasi qayerdan paydo bo‘lgan?

    Skandinaviya mamlakatlarida iqlim juda keskin, kuchli shamol esadi, tez-tez dovullar yuz beradi, shuning uchun turar-joy maksimal darajada issiq bo‘lishi kerak. Hozir bu an’ana qayerdan kelib chiqqanini hech kim eslamaydi ham, ma’lum bo‘lishicha, bu uyni ob-havoning turli sharoitlaridan asrashning ajoyib usulidir. Tomdagi o‘tlar uyni sovuqdan himoya qiladi, shuningdek, yozgi issiqda qizib ketishdan asraydi, yomg‘irda suvni yutib, mikroiqlimni ta’minlaydi.

    Bunday qoplamning yagona salbiy tomoni — og‘ir vazn. U quruqligida 50 kilogramm bo‘lsa, yomg‘irdan so‘ng uning og‘irligi 90 kilogrammgacha oshishi mumkin. Bu kichkina uylar qanchalik mustahkam qurilganligini tasavvur qilish qiyin emas.

    Qolaversa, ular takrorlanmas darajada maftunkor!













    » » Skandinaviyaning "maftunkor uylar"ini ko‘rib zavq oling (foto)
    Яндекс.Метрика