00:33 / 23.04.2018
7 516

Tailandda “noma’lum uchar jism” yo‘l o‘rtasiga tushdi (video)

Tailandda “noma’lum uchar jism” yo‘l o‘rtasiga tushdi (video)
Tailandda osmondan noma’lum jism yo‘lda ketayotgan avtomobillardan birining oldiga tushdi. Ushbu holatning mashina registratori tomonidan olingan videosi YouTube’da joylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, voqea 18 aprelda Patxumtxani viloyatida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Haydovchi vaqtida to‘xtashga ulgurib qolgan. U mashinadan chiqib, qolgan haydovchilarni voqeadan ogohlantirgan.

Osmondan nima tushgani noma’lum. Taxmin qilinishicha, yo‘lga tushgan jism yaqin orada portlagan sement rezervuar qopqog‘i bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda “noma’lum uchar jism” yo‘l o‘rtasiga tushdi (video)