06:30 / 24.04.2018
4 836

Saudiya Arabistonida umra ziyoratchilarining avtobusi yonib ketdi

Saudiya Arabistonida umra ziyoratchilarining avtobusi yonib ketdi
23 aprel kuni Saudiya Arabistonida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida to‘rt nafar Buyuk Britaniyalik ziyoratchi halok bo‘lgan, o‘n ikki nafari jarohatlangan. Bu haqda Birlashgan arab amirliklaridagi WAM axborot agentligi xabariga tayanib Sof.uz nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus benzin tashuvchi avtomobil bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Britaniyaliklar kichik haj ziyorati – Umrani bajarib, musulmonlar uchun muqaddas shahar Makkadan Madinaga ketayotgan edilar.

Halokat Makkadan 50 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Ikki erkak va ikki ayol, shuningdek, benzin tashuvchi avtomobil haydovchisi ham qurbon bo‘lgan. Yaralanganlar orasida kichik bola ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida umra ziyoratchilarining avtobusi yonib ketdi