11:39 / 24.04.2018
4 989

To‘yda otib o‘ldirilgan hofizaning qotillari politsiya bilan hamtovoq chiqib qoldi

To‘yda otib o‘ldirilgan hofizaning qotillari politsiya bilan hamtovoq chiqib qoldi
Esingizda bo‘lsa, yaqinda Pokistonning Larkan shahrida yuz bergan fojia haqida ma’lumot bergandik. Fojia hofiza Simona Samunning o‘ldirilishi bilan bog‘liq edi. Aniqrog‘i, u homiladorligi sababli to‘yda o‘tirgan holda ashula aytayotgandi. Mehmonlardan biriga bu ishi yoqmadi. U hofizadan o‘rnidan turish va birga raqs tushishni talab qila boshladi. Hofiza talabini rad etgach, talabgorning yonidagi bir do‘sti hofizaga qarata to‘pponchadan o‘q uzdi. Simona Samun shu joyning o‘zida jon berdi.

Qarangki, politsiyachilar bu yerga yetib kelishgan. Lekin qotillarni bezovta qilishmagan. Aksincha, hofiza bilan to‘yda xizmat qilgan mashshoqlarni qamab qo‘ygan va to‘yda ishlab topgan pullarini tortib olgan.

Bundan norozi bo‘lgan Larkanliklar esa ko‘plashib politsiya mahkamasi binosi yoniga kelishdi-yu, o‘tirgan holda norozilik aksiyasi o‘tkaza boshlashdi. Ularning talabi bitta. Qotillarni qamoqqa olish va qilmishiga yarasha jazo tayinlashdan iborat edi. Oradan hech qancha o‘tmay, aholi vakillari internetdagi ijtimoiy saytlarda shu haqdagi haqiqatni chop eta boshladi. Ular safiga yozuvchi Oysha Sarvariy qo‘shildi. U ham Larkanda ayollarni axlat o‘rnida ham ko‘rmasliklari, ayol qanchalar razolat botqog‘iga botib ketganini o‘z bitiklarida ko‘rsatib berdi. Shuning natijasida marhumaning tarafdorlari ko‘paygandan ko‘paydi.

— Men politsiyachilarning ikki qotilga qanday munosabat yuritganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, — deydi marhum hofizaning eri Oshiq Ali. — Go‘yo ular jinoyatchi, qotil emas, aksincha boobro‘ odamlar kabi hurmat-izzatda bo‘lishdi…

Yozuvchi Oysha Sarvariyning fikricha, hukumat rahbarlari bunday jinoyatlarni shafqatsizlarcha jazolashga o‘tishi lozim. Aks holda oxiri voy bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘yda otib o‘ldirilgan hofizaning qotillari politsiya bilan hamtovoq chiqib qoldi