Svazilend davlati endi yo‘q: u o‘z nomini o‘zgartiradi (foto)

  • Dunyo
  • 24-04-2018, 12:27
  • 847
  • Свазиленд давлати энди йўқ: у ўз номини ўзгартиради (фото)
    Svazilend davlatini endilikda dunyo xaritasidan topolmaysiz, deb ma’lum qilmoqda Darakchi nashri.

    Afrikaning so‘nggi mutlaq monarxi qirol Msvati III Svazilendni Esvatini qirolligi nomiga o‘zgartirilishini ma’lum qildi.

    “Ko‘plab Afrika mamlakatlari mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘zlarining ko‘hna azaliy nomlariga qaytishdi. Endi biz ham Svazilend emasmiz”, – dedi Msvati III.

    Mahalliy tilda “esvatini” “svazi yeri” ma’nosini anglatadi.

    Ko‘pincha chet ellarda “Svazilend” nomini Shveysariya davlati bilan adashtirib yuborishardi (Swaziland - Switzerland).

    » » Svazilend davlati endi yo‘q: u o‘z nomini o‘zgartiradi (foto)
    Яндекс.Метрика