10:53 / 26.04.2018
4 001

Xitoyda qoidabuzar piyodalarga suv sepib yuboradigan svetofor o‘rnatildi (video)

Xitoyda qoidabuzar piyodalarga suv sepib yuboradigan svetofor o‘rnatildi (video)
Xitoyning Daye shahri ma’muriyati e’tiborsiz piyodalarni jazolash yo‘lini o‘ylab topdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Agar kimdir yo‘lni qizil chiroqda kesib o‘tishga urinsa, maxsus tizim unga qarata suv sepadi. Suvning harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha +26 darajani tashkil qiladi.

Mahalliy aholi qurilmani foydali deb hisoblamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, tizim o‘rnatilganidan keyin serqatnov chorrahalar tinch va xavfsiz bo‘lib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda qoidabuzar piyodalarga suv sepib yuboradigan svetofor o‘rnatildi (video)