13:55 / 26.04.2018
5 555

Oramizda yashaydigan sehrgarlar

Oramizda yashaydigan sehrgarlar
Har kuni, har soat va hatto har daqiqada Yer yuzida ezgulik borligiga kishini ishontiruvchi ta’sirli voqealar bo‘lib turadi. Ammo biz bu mo‘jizalarni gohida ko‘rmay qolamiz…

Orzular ushaladi
Liverpulda o‘n yashar bolakay Leon Eshvort onasi bilan supermarketda aylanib yurib, ajoyib baxmal pandani ko‘rib qoldi va shunchaki bee’tibor o‘tib keta olmadi. Lekin onasi keyinroq, pullari ko‘p bo‘lganda pandani sotib olishga va’da berdi.

Leon pandani boshqa birov sotib olib ketadi deb qo‘rqdi. Shuning uchun quti topib, ichiga pandani yashirdi va quti yuzasiga ta’sirli so‘zlarni yozib qo‘ydi. Do‘kon xodimlari yashirilgan “xazina”ga duch kelishgach, bolakayga orzusidagi pandani sovg‘a qilishga qaror qilishdi.

Mushuklar uchun mini-boshpana
Yaponiyaning “Ferrari Corporation” kompaniyasi daydi mushuklarga boshpana beradigan bo‘ldi. Jonivorlar endi ofisda yashashadi, xodimlar esa ularni boqishib, g‘amxo‘rlik qilishadi.

Kompaniya ofisdan shunchaki mini-boshpana yaratishgani yo‘q. Kompaniya egalari agar xodimlar ofislariga boshpanasiz jonivorlarni olib kirishsa, besh iyenadan to‘lashadi. Pirovardida, mushuklar uyli bo‘ladi, “Ferrari Corporation” kompaniyasi ofislaridagi odamlar esa kamroq asabiylashib, ish unumdorligi oshadi.

Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir
Politsiyachi Brayan Bussell uylaridan majburan ko‘chirib chiqarilgan ikki bolali ayolga yordam berdi. Bechoralarning yashashga joylari yo‘q edi. Shunda onaizor politsiyaga murojaat etdi. Bussell ayolni tingladi va yordamini ayamadi — avvaliga eng zarur buyumlarni sotib olib berdi va mehmonxona pulini to‘ladi. Keyin esa yangi turar-joy topishga ko‘mak berdi.

Politsiyachi bu ishlari haqida hech kimga miq etmadi. Lekin minnatdor ayol bu haqda “Facebook”dagi postiga yozdi. Shundan so‘ng Brayan Bussellning kuyinchakligi haqida ko‘pchilik bildi.

Quruvchi ko‘ppak
Shifoxona xodimining aytishicha, mahalliy ta’mirlovchilarga it yordam berarkan. It kerakli asbob-uskunalarni keltirib beradi. Buning uchun itga maxsus kostyum ham tayyorlab berishgan. Qolaversa, ko‘ppakning boshiga xuddi chinakam quruvchilardek kaska ham kiydirib qo‘yishgan. Ilgari ko‘ppak boshpanasiz edi, endilikda uning ishi va silab-siypalab erkalaydigan do‘stlari bor.

Gepardlar xaloskori
Xizer Tuki Afrikadagi “Ge-pard­lar rezervatsiyasi”dan gepard bolasini olish uchun 5000 Britaniya funtini sarfladi. Axir u yerda jonivorlar boy mijozlar uchun o‘ljaga aylanishi mumkin.

Xizer gepardlarni qutqarish uchun mablag‘ yig‘ishni tashkillashtirdi. Natijada “Rezervatsiya”dan barcha gepard bolalarini sotib olib, ularni qo‘riqxonalarga jo‘natishga muvaffaq bo‘lindi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oramizda yashaydigan sehrgarlar