14:30 / 27.04.2018
3 753

Qozog‘iston Kaspiydagi portlarini AQSH uchun ochib berdi

Qozog‘iston Kaspiydagi portlarini AQSH uchun ochib berdi
Qozog‘istonning Aktau va Qo‘riq portlari AQSH uchun ochildi. Endi mazkur davlat ulardan Rossiyani aylanib o‘tgan holda o‘z yuklarini Afg‘onistonga muqobil yo‘nalish orqali yetkazishda foydalana oladi.

Shu bo‘yicha tegishli kelishuv yaqin kunlar ichida Prezident Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolanishi kutilayapti. Eslatib o‘tamiz, bu hujjat martda mazkur davlat Senati tomonidan tasdiqlangan edi.

AQSH taklifi bo‘yicha Afg‘onistonga maxsus yuklar tranziti Kaspiy dengizi orqali Gruziya va Ozarbayjondan o‘tib Qozog‘istonga yetib keladi. Keyin temir yo‘l transporti yordamida O‘zbekistondan Afg‘onistonga olib boriladi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abrahmanovning aytishicha, kelishuv Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga harakat qilayotgan strategik sherik bo‘lgan AQSH bilan respublikaning tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yanvar oyida Nursulton Nazarboyev AQSHga rasmiy tashrif bilan borib, AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. O‘shanda u AQSH bilan munosabatlar strategik sheriklikning yangi darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston Kaspiydagi portlarini AQSH uchun ochib berdi