21:21 / 06.05.2018
4 170

Netanyaxu Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga borishini tasdiqladi

Netanyaxu Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga borishini tasdiqladi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 9 may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan G‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda qatnishishi haqida ma’lum qildi. Bosh vazir Isroil hukumati yig‘ilishida shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

"Chorshanba kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashaman va Germaniya natsistlari ustidan qozonilgan g‘alabaga bag‘ishlangan paradda ishtirok etaman", - dedi Netanyaxu o‘z hukumati vazirlariga.

Kreml matbuot xizmati shanba kuni 9 mayda Netanyaxu ishchi tashrif bilan Moskvaga kelishi haqida xabar berdi. "U Ulug‘ Vatan urushi G‘alabasining 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradga taklif qilingan", - deyiladi Kreml xabarida. Shuningdek xuddi shu kuni RF prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi qayd etilgan.

Joriy yilda Isroilda birinchi marta 9 mayni rasman nishonlashmoqda. 2017 yilning 26 iyulida Knesset (Isroil parlamenti) "Natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alaba kunini nishonlash" to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlagan. "9 may kuni Isroilda natsistlar ustidan g‘alaba qozonilgan kun rasman davlat darajasida nishonlanadi", - deyiladi Isroil parlamenti saytida.

Shu yilning 8 may kuni G‘alaba kuniga bag‘ishlangan parad Isroilda birinchi marta Al-Qudsdagi Knesset binosi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga borishini tasdiqladi