16:39 / 11.05.2018
6 409

Erdo‘g‘on va Putin: «AQSh xato qildi»

Erdo‘g‘on va Putin: «AQSh xato qildi»
Foto:«Daily Sabah»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Sabah»ga asosan Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Muloqotda AQShning Eron bilan yadroviy bitimdan bosh tortishi masalasi muhokama qilindi.

AQShning bu xatti-harakati xato ekanini aytgan ikkala rahbar, aslida bu bitim muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan diplomatik muvaffaqiyat ekanini e’tirof etdi.

Muloqot asnosida so‘nggi kunlarda Suriyada kuzatilayotgan voqealar ham e’tibordan chetda qolmagan.

Erdo‘g‘on Putinni shu yil 7 mayda to‘rtinchi marta prezidentlikka kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on va Putin: «AQSh xato qildi»