AQShning Nyu-Jersi shtatida ikki metrli baliq sohilga urildi. Bu jonivor dinozavrlar davridan qolgan, 245 million yillik tarixga ega ekani aytilayapti. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
«Trias davri»ga oid g‘aroyib baliqning sohilga urilishi g‘oyat qiziqarli.
Baliqni «Oslend-Bich» davlat parki hududidan Stefani Holl ismli ayol topib olgan.
«Qumda bir jonivorni ko‘rib hayron qoldim. Darhol uni tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladim. Mutaxassislardan bu qanday jonivorligini aniqlash uchun yordam so‘radim», – deydi Stefani Holl.
Mutaxassislar baliqning Atlantik osyotr (baqra) ekanini aniqlashdi. Bu jonivor dinozavrlar davrida yashagan. Bu baliq nasli tugab ketgan degan fikrlar bor edi. Ammo... Bu jonivor 65 yil yashab, besh metrgacha yetadi.
Mutaxassislar baliq haqida ma’lumot to‘plash uchun uni laboratoriyaga olib ketishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi