O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suratga tushish marosimidan so‘ng Oval kabinetda davlat rahbarlarining muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Donald Tramp Prezidentimizni rasmiy tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston AQSh uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.
O‘zbekistonning obro‘-e’tibori oshib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf, dedi AQSh Prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugun qabul qilinadigan «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qo‘shma bayonot o‘z nomi va mohiyati bilan ko‘p narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka mo‘ljallangan intilishlaridan dalolat beradi, dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Oliy darajadagi ushbu uchrashuv yangicha siyosiy muhitda kechayotgani bilan ahamiyatli. Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir paytda Prezidentlik lavozimiga kirishgan, shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich faollashib kelayotgan edi.
Turli darajadagi delegatsiyalar O‘zbekiston va AQShda bo‘ldi. Davlat rahbarlari 2017 yil may oyida Ar-Riyod shahrida va sentyabrda Nyu-Yorkda uchrashdi. Dekabrda bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga rasmiy tashrif buyurishga taklif etgan edi. Bu davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalqaro miqyosda tan olinayotganini anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?