00:12 / 18.05.2018
4 689

Shavkat Mirziyoyev Pentagonga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Pentagonga tashrif buyurdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. Davlat rahbari ko‘p yillik va samarali hamkorlik uchun AQSh tomoniga minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp bilan o‘tgan muloqot natijasida davlatlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi, deb xabar beradi Prezidentning Matbuot xizmati.

Tashqi siyosatdagi ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mamlakat Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, harbiy bilim yurtlari isloh qilindi.

"O‘zbekiston bu sohada Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan tajriba almashish, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishida hamkorlik qilishdan manfaatdor", dedi Shavkat Mirziyoyev.

AQSh mudofaa vaziri Prezident Mirziyoyev tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O‘zbekiston mintaqadagi muhim geostrategik davlat ekanini ta’kidladi.



"O‘zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik muhiti yaratildi. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan muloqotlaringiz, Afg‘oniston ishlari bo‘yicha maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy tashrifingiz doirasida qabul qilingan besh yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi", dedi Jeyms Mettis.

Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Pentagonga tashrif buyurdi (foto)