15:53 / 18.05.2018
5 088

Sobiq jahon chempioni o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushdi

Sobiq jahon chempioni o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushdi
Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni Orlando Salido 16 butilka piva o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi, deya xabar beradi «Sports.uz» nashri.

Voqea bokschi yashaydigan Syudad-Obregon shahrida erta tong, soat chamasi 7:00larda yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, do‘kondon sportchiga piva sotishni rad etgan, chunki qonun bo‘yicha bunday ichimliklar soat 8 dan keyin sotilishi lozim.

Shundan so‘ng meksikalik bokschi pivani olib, do‘kondan chiqib ketgan.

Voqea joyida tezda politsiya chaqirilgan va bokschi ushlangan. Salido 800 peso jarima evaziga ozod qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq jahon chempioni o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushdi