23:20 / 18.05.2018
4 690

Vertolyotdan qurol-aslaha ortilgan quti maktab binosi ustiga tushib ketdi

Vertolyotdan qurol-aslaha ortilgan quti maktab binosi ustiga tushib ketdi
AQShda harbiy vertolyot maktab binosi ustiga tasodifan qurol-aslaha ortilgan qutini tushirib yubordi. Bu haqda KTSM telekanaliga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Voqea Texas shtatining El-Paso shahrida yuz bergan. Quti Parklanddagi boshlang‘ich maktabning tomini teshib o‘tgan. Bu vaqtida maktab ishlamayatgan bo‘lgani uchun hech kim jabr ko‘rmagan.

Qurol-aslahalar politsiya tomonidan yig‘ib olinib, vertolyot uchgan Fort Bliss harbiy bazasiga topshirilgan.

Harbiylar uzr so‘rab, voqea sabablarini aniqlashtirishga va’da bergan.

Avvalroq Kiyev yaqinida uy tomiga vertolyot g‘ildiragi tushib ketgani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vertolyotdan qurol-aslaha ortilgan quti maktab binosi ustiga tushib ketdi