Amerikada maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari yana o‘qqa tutildi

  • Dunyo
  • 20-05-2018, 19:26
  • 619
  • Америкада мактаб ўқитувчи ва ўқувчилари яна ўққа тутилди
    Bu gal qo‘liga vintovka olgan qotil Texas shtatiga qarashli Santa-Fe shahridagi maktabga kirib borib, o‘quvchilarni o‘qqa tutgan. Oqibatda 10 nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. O‘n kishi turli darajada jarohatlar oldi. Shu haqda Texas gubernatori Gregg Ebbott rasman ma’lum qildi.

    — Biz qandaydir yo‘lini topib bu boshboshdoqliklarga barham berishimiz kerak, — dedi gubernator jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. — O‘quvchilar qo‘liga qurol olmasligini ta’minlamasak bo‘lmaydi…

    Fojia munosabati bilan shtat bo‘yicha barcha davlat tashkilotlari, o‘quv muassasalaridagi bayroqlar tushirildi. Shtatda besh kunlik motam e’lon qilindi.

    Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘qqa tutgan kimsa shu maktabning o‘quvchilaridan biri, 17 yoshli Dimitrios Pagurtis ekan.

    » » Amerikada maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari yana o‘qqa tutildi
    Яндекс.Метрика