09:30 / 23.05.2018
6 468

O‘sh shahrida o‘zbekistonlik yigitni xitoylik erkak nima uchun o‘g‘irlab ketgan edi?

O‘sh shahrida o‘zbekistonlik yigitni xitoylik erkak nima uchun o‘g‘irlab ketgan edi?
Yaqinda haqiqatan Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik yigitni Xitoy fuqarosi o‘g‘irlab ketgan. Unga ikki nafar qirg‘iz millatiga mansub sheriklari yordam berishdi. Ma’lumot berishlaricha, go‘yo o‘zbekistonlik shaxsi ma’lum qilinmayotgan yigit bundan 4-5 yil oldin tijorat bilan shug‘ullangan-u, xitoylikdan katta pul qarzdor bo‘lib qolgan va qarzini qaytarmay qochib yurganmish.

Mahalliy ichki ishlar bo‘limi vakillarining guvohlik berishicha, o‘g‘irlab ketganlar o‘zbekistonlik yigitni shafqatsizlarcha kaltaklashgan, o‘ldirishga ham bel bog‘lashgan. Xayriyatki, ulgurishmagan.

Jabrlanuvchiga jiddiy tana jarohatlari yetkazilganini sud-tibbiy-ekspertiza ham rasman tasdiqladi.

Hozirgi paytda aybdorlar qo‘lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘sh shahrida o‘zbekistonlik yigitni xitoylik erkak nima uchun o‘g‘irlab ketgan edi?