10:53 / 23.05.2018
6 159

Saudiyaning «g‘oyib bo‘lgan» valiahd shahzodasi haqida xabar paydo bo‘ldi

Saudiyaning «g‘oyib bo‘lgan» valiahd shahzodasi haqida xabar paydo bo‘ldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Fransiya rahbari saytida xabar berilgan.

«Prezident Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan suhbatlashdi. Bu muloqot asosiy ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bo‘yicha «soatlarni tekshirib olish»ga imkon berdi», - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Makron suhbat davomida «Fransiyaning Eron yadroviy dosesi, Suriya va Yaman bo‘yicha majburiyatlarini tasdiqladi».

Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Yaqin Sharqni beqarorlashtirayotgan inqirozlarga tinch yechim topishni izlash muhim ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni podshohligi shahzodasi Muhammad bin Salmon bir oydan buyon omma oldida chiqish qilmagani xabar qilingandi. Erondagi nashrlar valiahd Muhammad bin Salmon jiddiy jarohatlangani haqida xabarlar tarqatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyaning «g‘oyib bo‘lgan» valiahd shahzodasi haqida xabar paydo bo‘ldi