Foto:«Foreign Policy In Focus»
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bergan bayonotida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan shu yil 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv nima sababdan bekor qilinganini aytib o‘tdi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
«Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildim. Bu ham Shimoliy Koreya, ham dunyo uchun ortga chekinish ekanini bilaman», — degan AQSh rahbari.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning ezgulik sari qadam bosishini kutayotganini yashirmagan Tramp: «Shimol hamda janub bilan birgalikda barcha koreyaliklar tinchlik-osoyishtalik, huzur-halovatda yashashga haqli. Buning uchun, avvalo, yadroviy qurollardan voz kechish kerak. Agar Kim Chen In konstruktiv muloqot o‘tkazish tarafdori bo‘lsa, men har doim bunga tayyorman. Aks holda unga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytiramiz», — dedi.
«Singapur uchrashuvining bekor bo‘lishi umidlarning so‘nishini anglatmaydi. Balki boshqa paytda Kim Chen In bilan uchrashishimiz mumkin. Umid qilamanki, hammasi yaxshilikka o‘zgaradi», — deya so‘zida davom etgan Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidenti o‘z bayonotida Shimoliy Koreya bilan vaziyat o‘nglanmasa, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaning qo‘shinlari shayligini ta’kidlagan.
«Lekin, — dedi Donald Tramp — bugun hamma narsani tinch yo‘l bilan hal etish mumkin. Aksincha bo‘lsa, biz har doimgidan ham ko‘ra tayyorroqmiz».
Amerika prezidentining rasmiy Pxenyanni ogohlantirish tarzida aytgan «tayyorroqmiz» so‘zidan muzokaralar o‘tkazishmi yoki Shimoliy Koreyaga sanksiyalar qo‘llashmi yoxud Janubiy Koreya hamda Yaponiya bilan birgalikda harbiy tayyorgarligi nazarda tutilganmi — buyog‘i bizga qorong‘u.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, tomonlar murosayu madora yo‘lini tanlashi barcha, ayniqsa, Shimoliy va Janubiy Koreya, qolaversa, ummonorti davlatining o‘zi uchun ham har tomonlama foydali bo‘lardi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi