17:56 / 31.05.2018
4 104

Lavrov Kim Chen In bilan uchrashdi (foto)

Lavrov Kim Chen In bilan uchrashdi (foto)
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya delegatsiyasidagi manba xabar bergan.

Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari KXDRda tashrif bilan bo‘lib turibdi. Avvalroq, u mamlakat tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan muzokaralar o‘tkazdi. Diplomatlar ikki tomonlama munosabatlar, Koreya yarim oroli atrofidagi vaziyat va qator boshqa xalqaro masalalarni muhokama qilgan.

Foto: RIA Novosti /Valeriy Sharifulin
Mamlakat yetakchisi bilan uchrashuv haqida avvaldan xabar berilmadi. Ma’lumki, Pxenyan hozirda AQSH - KXDR sammitiga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov nega KXDRdan sanksiyalar bosqichma-bosqich olib tashlanishi lozimligini aytgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Kim Chen In bilan uchrashdi (foto)