18:15 / 05.06.2018
6 651

Xitoylik bir ayol erining o‘ynashidan katta ko‘chada, barchaning ko‘z o‘ngida boplab o‘ch oldi… (VIDEO)

Xitoylik bir ayol erining o‘ynashidan katta ko‘chada, barchaning ko‘z o‘ngida boplab o‘ch oldi… (VIDEO)
Voqea Xitoy shimolida joylashgan Xanchjun shahrida sodir bo‘ldi. Erini haddan tashqari rashk qiladigan ayol katta ko‘chada «kundoshi»ni eri bilan birga ko‘rib qoldi-yu, g‘azabini jilovlay olmadi. O‘tkinchilar ko‘z o‘ngida u ayolni kaltaklay ketdi. Eri iloji boricha xotinini tinchlantirishga urinardi. Lekin o‘tkinchilar uni nariga olib ketaverishdi. Ajablanarlisi, yig‘ilganlardan hech kim ikki ayolni ayirib qo‘yishga harakat ham qilib ko‘rmadi. Hoynahoy, ular shunday tekin tomoshalarni xush ko‘rishsa kerak…

— Men senga nima degandim? — raqibasining sochlaridan tortib qichqirardi ayol. — Erimdan nari yurgin deganmidim?..

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktyabrida Quvaytdagi xonadonlardan biri egasini to‘tiqush sotib qo‘ygandi. Xotini uyga kirib kelishi bilan to‘ti erining xizmatkor ayolga bekitiqcha yog‘dirgan xushomadli so‘zlarini bidirlay ketdi. Uy bekasi to‘tiga chippa-chin ishondi. O‘zining aytishicha, eridan ancha oldin gumonsirashni boshlagan-u, dalil topa olmagan ekan.

Shunday qilib ayol darhol politsiyaga murojaat etib, shilqim eriga jazo tayinlashlarini so‘radi. Ammo politsiyachilar erkakni jazolashdan bosh tortishdi. Ular aytishdiki, to‘ti radio yoki televizorda shu gaplarni eshitgach, yodlab olib takrorlayotgan bo‘lishi mumkin. Demak, to‘tining aytganlari jazo uchun bahona bo‘la olmaydi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik bir ayol erining o‘ynashidan katta ko‘chada, barchaning ko‘z o‘ngida boplab o‘ch oldi… (VIDEO)