08:30 / 08.06.2018
5 175

Timsoh 10 yildan buyon undan ovqatini tortib oladigan itni yeb qo‘ydi (video)

Timsoh 10 yildan buyon undan ovqatini tortib oladigan itni yeb qo‘ydi (video)
Avstraliyada tojdor timsoh 10 yil davomida uning ovqatini tortib olish bilan shug‘ullangan itni yeb qo‘ydi, deb yozmoqda Daryo.

Avstraliyada Adelaida daryosidagi orolda yashovchi Kay Xensen mehmonlariga qo‘lga o‘rnatilgan timsoh va Pippa laqabli terer iti ishtirokida tomosha ko‘rsatadi. U tererning sevimli o‘yinini mehmonlarga namoyish qilmoqchi bo‘lib, Kessi laqabli timsohga go‘sht bo‘lagini otadi. Pippa esa odatiga ko‘ra timsohni daryoga haydab yuborish va ovqatini olib qo‘yish uchun yugurib keladi. Pippa bu ishini 10 yildan buyon takrorlab kelgan. Biroq bu safar u Kessiga yaqinlashganida, timsoh kutilmaganda unga hamla qilib yeb qo‘yadi.

Hayvonlarning egasi biroz tushkunlikka tushgani va iti uchun achinayotganiga qaramasdan, Kessini ayblay olmasligini ma’lum qilgan. «Bu voqeaning qachondir yuz berishi aniq edi», — deya Xensen vaziyatni izohlagan.

Xensen orolga 15 yil ilgari shahar shovqinidan uzoqda bo‘lish uchun ko‘chib kelgan. Orolda Xensen bir nechta it, timsoh va qush boqish bilan shug‘ullangan. 6 kilogramm og‘irlikka ega bo‘lgan Pippa katta timsohlarga tashlanib, ulardan ovqatini olib qo‘yish bilan shug‘ullangan. Xensen Pippani bu odatini takrorlamaslikka ko‘p bora o‘rgatmoqchi bo‘lgan, biroq uning urinishlari samara bermagan. Xensen yaqin orada yangi it sotib olmoqchi, biroq avval uning timsohlarga tashlanish odati yo‘qligiga ishonch hosil qilmoqchi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Timsoh 10 yildan buyon undan ovqatini tortib oladigan itni yeb qo‘ydi (video)