16:56 / 13.06.2018
3 593

KXDR kelajagi haqidagi rolik e’lon qilindi

KXDR kelajagi haqidagi rolik e’lon qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi o‘z sahifasida videorolikni e’lon qildi, unda Singapurdagi sammit vaqtida Kim Chen Inga ko‘rsatilgan tasvirlar bor deb yozadi Kun nashri.

Videoyozuv Oq uyning feysbukdagi sahifasida ham joylashtirilgan. Rolik film treyleriga o‘xshash bo‘lib, unda tarixni o‘zgartirgan insonlar hayoti haqida hikoya qilinadi. Yangilik yozilayotgan paytda uni ko‘rgan kishilar soni 2 milliondan oshib ketdi.

Videorolik boshida u A Destiny Pictures Productions studiyasi tomonidan yaratilgani aytiladi. Filmda bosh qahramonlar sifatida Tramp hamda Kim Chen In tilga olingan.

Kadr ortidagi ovozning videoda aytishicha, Yerda 7 mlrd kishi yashaydi, ammo ulardan faqat ba’zilarigina tarixga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Rolikda rangli tasvirlarda g‘arb davlatlari yutuqlari, oq-qora rangda esa - do‘konlarning bo‘sh peshtaxtalari va raketalar parvozi ko‘rsatilgan.

«Bu yetakchi o‘z davlati rivojlanishini tanlab, jahonning bir qismiga aylanadimi? U o‘z xalqi uchun haqiqiy qahramon bo‘la oladimi?», - deya savol bilan murojaat qilgan kadr ortidagi ovoz.
A STORY OF OPPORTUNITY FOR NORTH KOREA

This is the video President Trump shared with Chairman Kim at the historical Singapore Summit....

Опубликовано The White House 12 июня 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR kelajagi haqidagi rolik e’lon qilindi