22:26 / 13.06.2018
7 548

Nigeriyada badavlat o‘g‘il otasini tobut o‘rniga BMW mashinasida dafn qildi

Nigeriyada badavlat o‘g‘il otasini tobut o‘rniga BMW mashinasida dafn qildi
Foto: «Jamie Pyatt News Ltd»
Azubuike ismli nigeriyalik erkak otasini yangi avtomobilda dafn etdi, deb yozmoqda Daryo.

Badavlat erkak otasini dafn etish uchun mahalliy avtosalondan 66 ming funt sterling evaziga yangi BMW mashinasini sotib oldi. Azubuike otasi tirikligida unga yangi tezkor mashina sovg‘a qilishni va’da qilgan, ammo ulgurmagan. Shuning uchun, u otasining xotirasiga avtomobil sotib olgan.

Dafn marosimidan olingan surat tez orada ijtimoiy tarmoq bo‘ylab tarqalib ketdi. Aksariyat internet foydalanuvchilari yerga tobut o‘rniga yangi avtomobilning ko‘milganini birinchi bor ko‘rishi edi. Shunga qaramasdan, ayrim foydalanuvchilar bu qadar katta miqdorda mablag‘ sarflagan o‘g‘ilni tanqid qilgan. Ularning fikricha, erkak bu pullarni boshqa foydaliroq maqsadlarga sarflashi mumkin edi.

«Agar siz ko‘p pul ishlab topayotgan bo‘lsangiz, ota-onangiz tiriklik vaqtida mashina sotib olib bering va ularni tuzukroq tobutda dafn qiling. Bu esa shunchaki ahmoqona maqtanchoqlik», — deya nigeriyalik internet foydalanuvchilari izoh qoldirgan. Qolgan foydalanuvchilar Azubuikeni xudbin deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada badavlat o‘g‘il otasini tobut o‘rniga BMW mashinasida dafn qildi