23:02 / 16.06.2018
4 323

Afg‘oniston IIV rahbari «Tolibon» a’zolari bilan uchrashdi

Afg‘oniston IIV rahbari «Tolibon» a’zolari bilan uchrashdi
Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Vois Ahmad Barmoq «Tolibon» guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar bermoqda.

Uchrashuv Ramazon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan vaqtinchalik sulh fonida bo‘lib o‘tdi. Vazirlikning o‘zi bu haqdagi xabarlarga hozircha izoh bermadi. Biroq, hisobotlarda ko‘rsatilishicha, Barmoq toliblar bilan Kobuldagi ko‘chalardan birida uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda pokistonlik toliblar yetakchisi o‘ldirilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston IIV rahbari «Tolibon» a’zolari bilan uchrashdi