22:43 / 17.06.2018
7 484

Trampning o‘g‘li o‘zidan 9 yosh katta boshlovchiga uylanmoqchi

Trampning o‘g‘li o‘zidan 9 yosh katta boshlovchiga uylanmoqchi
AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li kichik Donald Tramp ikki oy avval turmush o‘rtog‘idan ajrashgan edi. U uch oydan beri teleboshlovchi Kimberli Guilfoyl bilan ishqiy munosabatda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

«Daily Mail» xabariga ko‘ra Trampning o‘g‘li «Fox» telekanali boshlovchisi Kimberli Guilfoyl bilan shu yil mart oyidan beri ishqiy munosabatda bo‘lib kelayotgan ekan.

«Kelin-kuyov» o‘rtasida ishqiy munosabat boshlangan paytda Trampning sobiq kelini, 5 nafar farzandning onasi Vanessa Tramp ajrashish uchun sudga ariza yozgan edi.

49 yoshli teleboshlovchi Kimberli Guilfoyl shu paytgacha ikki marta turmush qurgan. U kichik Trampdan 9 yosh katta.

O‘tgan oy Vanessa Tramp sobiq sevgilisi saudiyalik shahzoda Xolid ibn Bandar ibn Sulton ol Saud bilan turmush qurayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning o‘g‘li o‘zidan 9 yosh katta boshlovchiga uylanmoqchi