10:26 / 19.06.2018
4 794

Poyezdda tug‘ilgan chaqaloq qatnovni to‘xtatib qo‘ydi

Poyezdda tug‘ilgan chaqaloq qatnovni to‘xtatib qo‘ydi
Poyezdda tug‘ilgan chaqaloq Parij elektropoyezdlari qatnovini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

“Ober” poyezd bekatida o‘g‘il bola chaqaloq dunyoga keldi. Mazkur hodisa tufayli “Sharl de Goll/Etual va “Nanson” bekatlaridagi harakat to‘xtab qoldi.

Ona va bola kasalxonaga sog‘-salomat yetkazildi, ular o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Chaqaloqning dunyoga kelishini transport kompaniyasi rahbariyati xursandchilik bilan qarshi oldi va unga 25 yoshga qadar Fransiya poytaxti va poytaxt atrofidagi shaharlarda jamoatchilik transportidan bepul foydalanish imkoniyatini hadya etishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poyezdda tug‘ilgan chaqaloq qatnovni to‘xtatib qo‘ydi