Buyuk Britaniyaning London shaxrida ilk bora suv ustida ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Londonning Xayd Parking ko‘li bo‘yida qadimgi Misr maqbarasi shaklidagi noodatiy galereya binosi barpo etildi. 20 metr balandlikdagi bino qizil, oq va moviy rangli barrellardan yaratildi.
Buning uchun 7500 dan ortiq barrel idishlardan foydalanildi. Uning ichida qadimiy Misrga oid bino va qabrlarning ko‘rinishlari aks etgan surat hamda maketlarni ko‘rish mumkin.
“Ushbu loyihadan ortiqcha ma’no qidirish kerak emas. Bu shunchaki o‘ziga xos san’at uyidir. Uning barcha narsadan hamda shovqin-suronlardan uzoqligi va tabiat qo‘ynida joylashgani, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun maroqli xordiq olishlariga yordam beradi. Tomoshabinlarning xayoli esa faqat san’at bilan band bo‘ladi”, deb ma’lum qildi loyiha muallifi Kristo Javachef.
G‘oya muallifi Kristo Javachef bo‘lib, u bundan avval 2015 yilda Nyu-Yorkda va 1995 yilda Berlinda shu kabi suv ustidagi ko‘rgazmalarni yaratgan. Londondagi mazkur yangilik esa odamlarni qiziqtira oldi. Buni, uning ochilish marosimiga kelgan san’at ixlosmandlari sonidan ham bilish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi