11:05 / 23.06.2018
6 315

Ota yigitlar bilan uchrashib qo‘ymasligi uchun qizini 20 yil zanjirbandlikda ushlagan…

Ota yigitlar bilan uchrashib qo‘ymasligi uchun qizini 20 yil zanjirbandlikda ushlagan…
Bu fojiali manzara Argentinaning Venado-Tuerto shahrida namoyon bo‘ldi. Ayni paytda 42 yoshni qarshilagan Marisa Almiron ismli ayol 20 yildan beri karavotga zanjirband etilgan holda yashabdi. Buni otasi bir paytlar qizi yigitlar bilan uchrashib qo‘ymasligi uchun qilgan ekan. Xayriyatki, qo‘shnilar nihoyat politsiyaga xabar berishdi va ayolni zanjirdan ozod etishdi, deb yozadi "Hordiq" nashri.

Ha, ota Marisani zanjirband etgan. Ammo sakkiz yildan keyin vafot etgan. Marisaning esa olti nafar opa-singil, aka-ukalari hayot. Lekin ular ham otaning o‘limidan so‘ng Marisani zanjirdan ozod etish haqida o‘ylab ko‘rishmagan ekan. Aksincha, Marisaning akasi Mario ota vafotidan keyin singlisini nazoratga olgan va hech kimni unga yaqinlashtirmagan. Marisa 20 yil davomida ko‘pincha yeguliksiz, ichimlik suvisiz qolib ketar, xastalansa ham zanjirband ahvolda dard tortishga mahkum edi. Psixiatrlar Marisani tekshirib ko‘rgach, zudlik bilan kasalxonaga yotqizishdi. Ayolning ruhiy holati allaqachon izdan chiqqan ekan.

Ma’lum qilishlaricha, ayolning akasi Mario qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ota yigitlar bilan uchrashib qo‘ymasligi uchun qizini 20 yil zanjirbandlikda ushlagan…