20:14 / 23.06.2018
3 617

Futbolchi ta’tildan voz kechib Afrikada suv uchun ariq qazimoqda (foto)

Futbolchi ta’tildan voz kechib Afrikada suv uchun ariq qazimoqda (foto)
Dunyoda shunday futbolchilar borki do‘konlarning figurasiga, reklamalarning yuziga aylangan. Ayniqsa bu narsa futbolchilarning ta’til paytlarida avj oladi. Biroq, yana shunday futbolchilar borki, vaqtdan nafaqat unumli balki savobli ishlar uchun foydalanib kelishadi. Masalan, Krishtian Ronaldu, Andreas Iniyesta, Muhammad Saloh, Kay Uolker, Neven Subotich… endi esa Nuri Shahin.

Kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Shahin Kirshehirda tug‘ilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Germaniyaning Dortmund shahriga ko‘chib ketgan.

Ayni damda 29 yoshni qarshi olgan Shahin futbolni Dortmundning «Borussiya» klubida boshlagan bo‘lsa, faoliyati davomida Madridning «Real» klubi va Angliyaning «Liverpul»ida to‘p surib, yana jonajon klubi «Borussiya»ga qaytib kelgan.

Futbol karerasi bilan kifoyalanib qolmagan Nuri o‘tgan yildan beri Horvard universitetida ham tahsil olmoqda.

Bir necha kun oldin esa u jamoadoshi Neven Subotichning fond jamoasiga a’zo bo‘ldi va Efiopiyaga jo‘nab ketdi.

Neven Subotich 2013 yildan beri dunyoning qurg‘oqchilik hukm surgan o‘lkalarida aholiga suv yetkazish uchun ariqlar qazish ishlari bilan shug‘ullanadi. Subotich qashshoq o‘lkalarda qilayotgan bu ishlari evaziga hech kimdan madad olmaydi, aksincha moliyaviy tomonlarni o‘zining shaxsiy fondidan to‘laydi. Bugungi kunda uning fondi soyasida yuzga yaqin ariqlar va suv inshootlari bunyod bo‘lgan.

Nuri Shahin Efiopiyada nafaqat ariq qazish bilan, balki ishdan so‘ng mahalliy bolalarga futbol o‘ynashni o‘rgatish bilan ham mashg‘ul.

“Subotich hamisha menga ta’kidlaydiki, bitta quduq bir insonning hayotini qay darajada o‘zgartirishini anglamoqchi bo‘lsang, quduqdan suv chiqqanida o‘sha kimsani tomosha qil. Sarhad bilmas savobning parchasini menga ham ulashayotgani uchun undan minnatdorman”, deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Nuri Shahin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Futbolchi ta’tildan voz kechib Afrikada suv uchun ariq qazimoqda (foto)