00:30 / 25.06.2018
18 044

"Usmoniy turklar imperiyasi saroyidagi jodugarlar"

"Усмоний турклар империяси саройидаги жодугарлар"
Islomda hanuz jodu, folbinlik va shu kabi amallar qat’iyan taqiqlanadi. Agar usmoniy turklar mamlakatida xaliflik hukm surganligini hisobga olsak, bu yerda shariat qonunlarigina amal qilgan. Lekin shunchalar kuchli taqiqlovlarga qaramay, usmoniylar imperiyasi saroyidagi kanizaklar, sultonlar yo u sabab, yo bu sabab bilan jodugar, folbinlarga chopishdan tiyila olishmagan.

Kanizaklar, ayniqsa, o‘zlariga raqobatchi va dushman hisoblangan boshqa kanizaklarning shoh yotog‘iga olib boruvchi qadamini qirqish, olampanohni o‘ziga isitish, uni kundoshlaridan sovitish niyatida faqat jodugarlar yordamiga suyanishgan. Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, shoh e’tiboriga tushish, muhabbatini qozonish hharakatida bo‘lishgan. Shunday davrlar bo‘lganki, jodugar va duoxon folbinlar bemalol podshoh saroyida yashab, kanizak va sulton xonimlarga xizmat qilgan.

Afsuski, usmoniylar imperiyasi podshohlari bu kabi amallarni shafqatsizlarcha jazolashgan. Agar biror kanizakning jodugar va duoxonlarga qatnagani, yo haramga chaqirganidan xabar topsa, podshoh sira o‘ylab o‘tirmay, kanizakni qatl etish haqida farmon bergan. Lekin podщohning nikohidagi xotinlariga bu jazo taalluqli bo‘lmagan. Ular jodu va shu kabi bo‘lmag‘ur amallarga berilgani, jodugarlar va folbinlar xizmatidan bahramand bo‘lgani uchun nari borsa, ogohlantirish olishgan, yoki eski saroyga surgun qilingan. Eski saroy ham baribir saroy-da! U yerda ham quvg‘indagi sultonga xizmatkorlar, oshpazlar va hokazolar ajratilgan. Faqat quvg‘indagi sulton xonim podshohning yotog‘idan bir umrga mahrum bo‘lgan…

Usmoniy turklar saroyidagi ayollar, kanizaklar, sultonlar jodugarlarga faqat muhabbat, kundoshchilik kabi muammolar yuzasidan emas, balki o‘sha davr uchun eng katta fojia hisoblangan o‘latni daf etish maqsadlarida ham murojaat qilishgan. Ular ajal yoqasidagi farzandlari, yaqinlarining hayotini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin saqlab qolishga urinishgan.

Bundan tashqari, tarixiy ma’lumotlarda aytiladiki, Xurram sultonning o‘zi ham jodugarlikdan yaxshigina xabardor bo‘lgan. Shu usuldan Xurram sulton Sulaymonshohning muhabbatini, uning ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritish yo‘lida unumli foydalangan va oqibatda niyatiga yetgan ekan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Usmoniy turklar imperiyasi saroyidagi jodugarlar"