22:15 / 28.06.2018
10 156

Ramzan Qodirov: “U hayvonning hamma narsasini tortib olishimiz kerak!”

Ramzan Qodirov: “U hayvonning hamma narsasini tortib olishimiz kerak!”
“Fakt Xeber”ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida ayni paytda aksariyat o‘lkalarda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash haqida to‘xtalib, kurashning usullari haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘g‘ri” gubernatorlar, tuman hokimlari, yuqori lavozimdagi shaxslar qamoq jazosi bilangina qutulib, jazoni o‘tagach, boy-badavlat bo‘lib, davrini surib yuribdi.

“Tevarak-atrofga qarang, haqini oldirib o‘tirgan oddiy aholi “Ana, poraxo‘r, haromxo‘r qamalibdi, jazosini olibdi”, deb xursand bo‘lishadi. Aslida bu ularga jazo emas, mukofot. Hamma yerni talab, yeb, so‘ng bir necha yil qamalib chiqadi-da, so‘ng boy-badavlat bo‘lib, davrini surib yurishadi. Nazarimda, bunday o‘g‘rilarning hamma narsasini qo‘lidan olishimiz kerak. Shunday qilish kerakki, qamalib chiqqanidan so‘ng ham tanish-bilishlariga keragi bo‘lmasin, cho‘ntagida esa chaqa ham bo‘lmasin”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: “U hayvonning hamma narsasini tortib olishimiz kerak!”