08:38 / 11.07.2018
4 980

Avstraliyada yirik timsoh ushlandi

Avstraliyada yirik timsoh ushlandi
Avstraliyalik reynjerlar Ketrin darasi hududida yirik timsohni ushlashdi. Bu haqda CTV News'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Reynjerlarning aytishicha, bu Ketrin daryosida kuzatilgan timsohlardan eng kattasidir. Ta’kidlanishicha, odatda bu hudud yirtqichlardan nisbatan xavfsiz hisoblanadi.

Ushlangan timsohning uzunligi 4,7 metr bo‘lib, og‘irligi 600 kgni tashkil qilgan.

Ketrin darasi sayyohlar orasida ommalashgan bo‘lib, ular bu yerda cho‘milishadi, kanoeda suzishadi va kruizlar amalga oshirishadi.

Reynjer Jon Berkning aytishicha, ular bu hududda 10 yil davomida yirik timsohga ov qilishgan. “Bu biz ushlagan eng katta timsohdir”, deb aytgan Berk.

Yirtqich timsohlar fermasiga jo‘natilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada yirik timsoh ushlandi