AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilarini ular nafaqat mudofaaga juda kam xarajat qilayotganlikda, balki Shimoliy Atlantika blokiga badalllarni to‘lashni kechiktirayotganlikda ham aybladi. Bu haqda Oq uy rahbari 10 iyul kuni, NATOning Bryusseldagi sammiti arafasida Tvitterda yozib chiqdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Qo‘shma Shtatlardan “himoya” kutayotgan “ko‘plab NATO mamlakatlari” “2 foiz qoidalarini bajarmayaptigina emas”, balki Tramp ta’kidlaganidek, “to‘lovlarni juda kechiktirayapti” ham. U sheriklarni kamchilikning “o‘rnini qoplash”ga chaqirdi.
Avvalroq Tramp o‘zi 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashadigan Rossiya prezidenti Vladimir Putin yevropalik siyosatchilarga qaraganda “ancha oddiy suhbatdosh” bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi. O‘shandayoq Amerika yetakchisi NATO a’zolari, o‘zi ta’kidlab o‘tganidek, Qo‘shma Shtatlarga qaraganda, juda kam to‘layotganidan yana bir bor noligan edi.
Tramp ittifoqchilaridan harbiy xarajatlarni, NATO qoidalari ko‘rsatganidek, YaIMning 2 foizigacha yetkazishni bir necha marta talab qilgandi. Iyun oyida u, xususan, Germaniya hukumatini harbiy xarajatlarga AQSh YaIMning 4 foizini sarrflagani holda, o‘z YaIMning faqat 1 foizini sarflayotganlikda tanqid qilib, Shimoliy Atlantika blokiga “o‘zgarishlar” bilan tahdid solgan edi.
Manba: Tnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi