20:46 / 13.07.2018
4 004

Donald Tramp Tereza Meyni tanqid qilish bilan Londonga tashrifini boshladi

Donald Tramp Tereza Meyni tanqid qilish bilan Londonga tashrifini boshladi
Payshanba kuni Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi boshlanganidan keyin,uning sharafiga tantanali qabul marosmi uyushtirilganidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyaning Sun tabloidiga intervyu berdi, deb yozadi Tnews.uz.

Intervyuda u mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq ayrim muhim qarorlarini tanqid qildi.

Prezident Trampning aytishicha, bosh vazir Tereza Mey Brekzit bo‘yicha muzokoralarda uning maslahatlariga amal qilmagan. «U boshqa yo‘lni tanladi. Bu juda ham muvaffaqiyatli deya ayta olmayman. Biroq Mey o‘zi uchun boshqa biror bir muqobillikni ko‘rmagan», -dedi Tramp.

Trampning fikricha, Mey tanlagan Breksit bo‘yicha «yumshoq» variant Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli iqtisodiy aloqalarni saqlab qolishni ko‘zda tutadi va keyinchalik Amerika-Britaniya savdosi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tramp bu borada Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hozirgi savdo baxslarini nazarda tutdi, bu bahslar Britaniya YeIda faoligini saqlab qolgudek bo‘lsa unga ham ta’sir qilishi mumkin.

Tramp shuningdek, London meri, Pokistonlik muhojirning o‘g‘li bo‘lmish Sadiq Xon faoliyatiga ham salbiy baho berdi, uning aytishicha, «mer terrorizm tahdidiga qarshi yetarlicha tura olmagan». O‘zining tashrifiga poytaxtda bo‘lib o‘tayotgan noroziliklarga munosabat bildirgan Amerika prezidenti bayonot berib: «Menga avvallari London juda yoqardi, endi esa bu shaharga borish sabablarini ko‘rmayman» dedi.

Kuni kecha bosh vazir bilan Brekzit bo‘yicha fikrlari qarama qarshi bo‘lgani bois iste’foga chiqqan tashqi ishlar vaziri Boris Jonson haqida gapirgan Tramp “bu siyosatchi mamlakatga ajoyib rahbar bo‘lishi uchun barcha xislatlarga ega” ekanligiga ishonch bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Tereza Meyni tanqid qilish bilan Londonga tashrifini boshladi