07:02 / 14.07.2018
10 200

Dunyodagi eng ko‘p masjidlar qaysi davlatda joylashgan?

Dunyodagi eng ko‘p masjidlar qaysi davlatda joylashgan?
Hozirda dunyo bo‘yicha 3,6 million masjid mavjud. Bu har 500 musulmonga bitta masjid to‘g‘ri keladi, deganidir. Tadqiqotlarga ko‘ra, 2019 yilga borib, jahondagi masjidlar soni 3,85 millionga yetadi.

Dunyodagi eng ko‘p musulmonlar (221 million) yashaydigan Indoneziyada 800.000 masjid faoliyat yuritmoqda (AFP ma’lumoti).

Bangladesh Islomiy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 250.399 ta, poytaxt Dakkada 6000 masjid mavjud.
Wikipedia ensiklopediyasiga ko‘ra, Hindistonda 300.000 dan ortiq, Pokistonda 120.000 dan ortiq masjid ro‘yxatga olingan.

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yil so‘nggida mamlakatdagi masjidlar soni 86.101 tani tashkil etgan.

Xitoyning CPPCC News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, XXRda jami 39.000 masjid (undan 25.000 tasi Shinjon muxtor o‘lkasida joylashgan) musulmonlar xizmatida.

Rossiya Federatsiyasi muftiylar kengashining raisi, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Ravil G‘aynutdinga ko‘ra, Rossiyada 7000 dan ortiq masjid mavjud (2014).

Amerika-Islom aloqalari Kengashining hisob-kitoblariga qaraganda, AQShda 2000 yilda masjidlar soni 1209 ta, 2010 yilda 1897 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2011 yili ularning soni 2106 taga yetgan.

Fransiya musulmonlari jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2015 yil boshida 2200 masjid faoliyat yuritgan. Buyuk Britaniyada 1500 masjid ro‘yxatga olingan (2011).

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, hozirda respublikamizda 2039 ta masjid faoliyat olib bormoqda.

Manba: Qadriyat.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng ko‘p masjidlar qaysi davlatda joylashgan?