12:30 / 15.07.2018
3 500

Xelsinkida yangi taom tayyorlandi: nomi – «Tramputin»

Xelsinkida yangi taom tayyorlandi: nomi – «Tramputin»
Finlandiya poytaxti Xelsinki shahridagi «Kaffekievari» restoranida AQSh prezidenti va Rossiya rahbari uchrashuvi arafasida maxsus taom: «Tramputin» tayyorlandi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, «Tramputin» taomi qizil baliqli rus quymog‘i, smetana va piyoz bilan birga, muzqaymoq va rezavorlardan tayyorlangan pankekdan tashkil topgan. Oshpazlarning fikricha, taom bir vaqtning o‘zida ham Sharq, ham G‘arbni, ham shirin, ham chuchuklikni o‘zida jamlaydi.

Restoran vakillarining aytishicha, bu taom rasmiyatchilikdan mutlaqo xoli. Agar u mijozlarga yoqsa, prezidentlar uchrashuvidan keyin ham menyuda bo‘ladi va sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Rossiya prezidentlari shu yil 16 iyul, dushanba kuni Xelsinki shahrida uchrashishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xelsinkida yangi taom tayyorlandi: nomi – «Tramputin»