22:44 / 15.07.2018
5 337

Ozarbayjon prezidenting sobiq kuyovi Emin Agalarov ikkinchi marta uylandi (foto+video)

Ozarbayjon prezidenting sobiq kuyovi Emin Agalarov ikkinchi marta uylandi (foto+video)
Kecha 14 iyul kuni, Agalarov Estate golf klubida Crosus Group kompaniyasi vitse-prezidenti, qo‘shiqchi Emin Agalarov va model Alena Gavrilovaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews
Juftlik to‘y tafsilotlarini tantanali ravishda e’lon qilishni istamagan. Tantanaga faqat eng yaqin do‘stlar taklif qilingan. To‘yda Grigoriy Leps, Valeriy Meladze, Aleksandr Serov, Zara, Timati, Vladimir Kuzmin ishtirok etgan. Juftlikning to‘y marosimini Aleksandr Malaxov olib borgan.

Foto: Tengrinews

@eminofficial & @agavrilova777 wedding ????

A post shared by Current Mood (@trnlbeauty) on


Eslatib o‘tamiz, Emin Agalarov Ozarbayjon prezidentining qizi Laylo Aliyeva bilan 2006 yili turmush qurgan. 2015 yili juftlik ajrashgan. Ularning ikki nafar o‘g‘li bor.

Yangi kelin asli Saransklik bo‘lib, 2004 yili Mordoviya Respublikasining eng chiroyli qizi sifatida "Miss Rossiya - 2004" tanlovida ishtirok etgan. Uning bu ikkinchi nikohi bo‘lib, oldin milliarder Rustam Tariko bilan turmush qurgan va bir nafar o‘g‘li bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjon prezidenting sobiq kuyovi Emin Agalarov ikkinchi marta uylandi (foto+video)