10:26 / 18.07.2018
4 625

Hukm qilingan jurnalist Mirsaidovning qarindoshlari davlatga yetkazilgan zararni to‘lashdi

Hukm qilingan jurnalist Mirsaidovning qarindoshlari davlatga yetkazilgan zararni to‘lashdi
12 yilga hukm qilingan QVZning “Tojikiston jamoasi” rahbari Xayrullo Mirsaidovning oilasi davlat foydasiga 124 ming somoni ($13000dan ortiq)ni qaytardi, deb yozadi Tnews.uz.

Mirsaidovlar oilasi tomonidan tarqatilgan rasmiy xabarda ta’kidlanishicha, bu mablag‘ tergov idoralari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar uchun tovon sifatida belgilangan. «Bu degani uning oilasi va advokatlar Mirsaidovga qo‘yilayotgan jinoiy ayblarni tan olinishini anglatmaydi», deyiladi bayonotda.

Xayrullo Mirsaidovning qarindoshlarining fikricha, zarar miqdori jurnalist va QVZchining erkinligi qadri bilan mutonosib emas va uning tez orada ozodlikka chiqishiga umid qilishmoqda.

Bundan tashqari, Mirsaidovning qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin ikki yil davomida jamoat tashkilotlariga rahbarlik qilishi taqiqlangan.

Xo‘jand shahar sudi qarori bilan 12 iyul kuni Xayrullo Mirsaidov Jinoyat Kodeksining “Davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-taroj qilish”, “hujjatlarni soxtalashtirish” va “Yolg‘on ma’lumot tarqatish” moddalari bo‘yicha 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Taniqli jurnalist va QVZchi Mirsaidov So‘g‘d viloyatining Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha boshqarmasining sobiq boshlig‘i Olim Zoxidzodani korrupsiyada ayblaganidan so‘ng 2017 yilning 5 dekabrida hibsga olingan edi.

11 iyul kuni Dushanbedagi AQSh va ayrim Yevropa mamlakatlarining diplomatik vakolatxonalari Xo‘jand sudining qaroridan chuqur tashvishda ekanliklarini bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hukm qilingan jurnalist Mirsaidovning qarindoshlari davlatga yetkazilgan zararni to‘lashdi