21:43 / 18.07.2018
3 966

Qishloq aholisi timsohlardan "ayovsiz tarzda" o‘ch olishdi

Қишлоқ аҳолиси тимсоҳлардан "аёвсиз тарзда" ўч олишди
Indoneziyada qishloq aholisi odam o‘ldirgani uchun timsohlardan qasd olish maqsadida yuzlab timsohlarni o‘ldirishdi, deya xabar qilmoqda Darakchi nashri.

Mamlakat sharqidagi G‘arbiy Papua provinsiyasida 48 yoshli erkak timsoh fermasiga kiradi. Maysa ustida yotgan ulkan timsoh unga hujum qilib, erkakning o‘limiga sabab bo‘ladi. Ushbu voqeadan g‘azablangan qishloq aholisi dafn marosimidan so‘ng fermaga borib u yerdagi barcha timsohlarni bolta va shu kabi asboblar bilan o‘ldirishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, hodisa tufayli 292 ta jonivor nobud bo‘ldi. Odamlar esa o‘zlari qilgan ishlarini to‘g‘ri deb hisoblashlarini ta’kidlashmoqda. Bundan keyin yirtqichlarni aholi punktlaridan uzoqda saqlash talab qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qishloq aholisi timsohlardan "ayovsiz tarzda" o‘ch olishdi