17:55 / 21.07.2018
5 270

Rossiyalik harbiylar Armanistondagi qishloqqa kirib, o‘t ochishni boshladi (video)

Rossiyalik harbiylar Armanistondagi qishloqqa kirib, o‘t ochishni boshladi (video)
102-Rossiya harbiy bazasi harbiy xizmatchilari 17 iyul kuni Armanistonning Shiroq viloyatidagi Panik qishlog‘iga bostirib kirib, harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi, deb yozadi "Hordiq" nashri. Bolalar qo‘rquvdan hushini yo‘qotdi, qishloq aholisi urush boshlandi, deb o‘yladi.

«O‘ttizga yaqin askar qishloq yo‘lini to‘sib, o‘z kolonnasini to‘xtatdi va o‘t ochdi. Xayriyat, patronlar jangovar emas ekan. O‘q ovozlarini eshitib, butun xalq uylaridan yugurib chiqdi, hatto ba’zi bolalar hushidan ketdi», — dedi qishloq rahbari Vardan Makeyan.

U qishloq hududida harbiy mashqlar hech qanday ogohlantirishsiz o‘tkazilishini haqoratli deb hisoblaydi. U voqea haqida politsiyaga va mamlakat xavfsizlik xizmatiga xabar berdi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Keyinroq Shiroq viloyati gubernatori Karen Saruxanyan Gyumridagi 102-Rossiya harbiy bazasi vakili Aleksey Polyuxovich bilan uchrashdi, u holat yuzasidan kechirim so‘rab, bunday xatolik boshqa qaytarilmasligiga va’da berdi. U shuningdek, tekshiruv o‘tkazilib, aybdorlar jazolanishini ham aytdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik harbiylar Armanistondagi qishloqqa kirib, o‘t ochishni boshladi (video)