07:34 / 10.08.2018
4 697

AQSh 2020 yilgacha koinot qo‘shinlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

AQSh 2020 yilgacha koinot qo‘shinlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda
Qo‘shma Shtatlar 2020 yilgacha yangi turdagi qo‘shinlarni, koinot harbiy kuchlarini tashkil etishni ko‘zlamoqda, deb xabar berdi Kun.uz Reuters'ga tayanib.

Pens Pentagondagi chiqishi vaqtida ana shunday bayonot bergan.

«Oxir-oqibat, kongress AQSh koinot qo‘shinlarini shug‘ullantiradigan va anjomlar bilan ta’minlaydigan yangi muassasani tashkil etishi shart», — degan Pens.

Uning aytishicha, yangi turdagi qo‘shinlar 2020 yilgacha tashkil etiladi.

U shuningdek, Rossiya va Xitoyni koinotdagi harbiy imkoniyatlarini kuchaytirayotganlikda ayblagan.

"Rossiya va Xitoy koinotda o‘ta murakkab sinovlarni o‘tkazmoqda, bu ularning sun’iy yo‘ldoshlarini bizning sun’iy yo‘ldoshlarga yaqinroq masofaga yaqinlashtirishga va koinot tizimimizga tahdid solishga olib keladi. Ularning harakatlari raqiblarimiz koinotni harbiy harakatlar maydoniga aylantirishganidan darak beradi va AQSh bu tahdiddan qo‘rqmaydi", — degan Pens.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh 2020 yilgacha koinot qo‘shinlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda