06:30 / 11.08.2018
3 781

Xitoylik ayolning «Ayfon-6» smartfoni ko‘z o‘ngida portlab ketdi…

Xitoylik ayolning «Ayfon-6» smartfoni ko‘z o‘ngida portlab ketdi…
Bu voqea avtomobil salonida sodir bo‘ldi. Lekin ayol portlash tufayli jabr ko‘rmadi. «Kelgan balo shunga ursin», deya endigina tinchlangandi, smartfon yona boshladi.

Albatta, buning sababi bor edi. Ayolning turmush o‘rtog‘i Jiang ismli erkak aytdiki, yaqinda xotini smartfonga boshqa rusumdagi telefon akkumlyatorini o‘rnatibdi. Portlashning asosiy sababi ham xuddi shunda ekan.

Ammo «Apple» kompaniyasidagilar tovon to‘lashni xohlashmadi. Aytishdiki, Shanxaydagi «Ayfon» smartfonlarini sozlashga ixtisoslashgan «Szi Xou Xou» ustaxonasi ularning rasmiy bo‘limi emaskan. Demak, ayol endi o‘zi uchun boshqa smartfon sotib olishga majbur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ayolning «Ayfon-6» smartfoni ko‘z o‘ngida portlab ketdi…