Shimoliy Koreya hukumati Koreya yarim orolini to‘liq va tekshiriluvchi yadrosizlantirish borasida Qo‘shma Shtatlarning takliflariga rozi bo‘lmadi. Bu haqda CNN telekanali diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh vakillari Koreya yarim orolidagi yadroviy qurolsizlanish to‘g‘risida KXDRga takliflar kiritishda davom etmoqdalar. Biroq, ularni Shimoliy Koreya tomoni qabul qilmayapti. Manbalardan birining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreyada bu takliflarni «bosqinchilarga xos», deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida ishlashni davom ettirayotgani xabar berilgandi.
Mustaqil ekspertlar KXDR BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalarini buzgan holda o‘z yadro dasturi ustida ishlashni davom ettirayotganini ta’kidlamoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi