Nahotki, NASA astronavti o‘zga sayyoralikni ko‘rgan… (foto)

  • Dunyo
  • 12-08-2018, 22:30
  • 1 986
  • Наҳотки, НАСА астронавти ўзга сайёраликни кўрган… (фото)
    NASA ning sobiq astronavtlaridan biri missiya davomida o‘zida hayot belgilarini ko‘rsatgan jonzotni ko‘rganini ta’kidladi. Uning aytishicha, noma’lum hayvon meduzaga o‘xshash bo‘lgan.

    54 yoshli astronavt Leland Melvin bu haqda “UFO Sightings Daily” saytining rahbari bilan tvitterda bo‘lgan suhbat chog‘ida oshkor qilgan, deya xabar berdi “Hordiq” nashri.

    Uzoq vaqt davomida Melvin «Xyuston, bizda muammolar bor» radiosidagi Atlantis kemasidagi kuzatuvlari haqida aytmoqchi bo‘lgan, biroq bu bayonot juda ko‘p savollarni ko‘tarib, haqiqiy sarosima keltirib chiqadi deb o‘ylagan.

    Bu holatda boshqa bir astronavt Melvinning freonning singan quvurlaridan oqib chiqadigan suvdan tashkil topgan oddiy muzni ko‘rganini ta’kidladi. Aytilishicha, ushbu naychalar kosmik qurilmaning yuk qismini sovitar ekan.

    » » Nahotki, NASA astronavti o‘zga sayyoralikni ko‘rgan… (foto)
    Яндекс.Метрика