08:05 / 13.08.2018
8 260

Osiyolik yigit uch metrlik kobraga uylandi!

Osiyolik yigit uch metrlik kobraga uylandi!
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra Janubiy osiyolik yigit kobra bilan nikoh qurishga qaror qildi. Biroq sho‘rlik yigit ilonga muhabbat qo‘ymagan: yigitning sevgan yori halok bo‘lgandan keyin, u sevgilisining ruhi ilonga o‘rnashib olgan deb o‘ylamoqda.

Yigitning aytishicha, ilon halok bo‘lgan qizga juda o‘xshash va endi ular butun vaqtlarini birga o‘tkazmoqdalar. Yigit va kobra birga televizor tomosha qilishadi, turli o‘yinlar o‘ynashadi va hattoki sport mashg‘ulotlariga ham birga borishadi.

Yigitning do‘stlari va tanishlari unga zaharli jonzot bilan xavfli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Biroq yigit bu so‘zlarga hattoki quloq solishni ham istamayapti va «sevgilisi» unga ziyon yetkazmasligiga ishonadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyolik yigit uch metrlik kobraga uylandi!