12:12 / 16.08.2018
5 990

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida uylarga sovitkichlar o‘rnatish nima uchun taqiqlangan?

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida uylarga sovitkichlar o‘rnatish nima uchun taqiqlangan?
Shu kunlarda Ashxobodda havo harorati +46 va undan yuqori darajagacha ko‘tarilgan. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar orasida «Tez yordam» chaqiruvchilar soni ko‘paygandan ko‘paygan. Odamlar sovitkich taqiqlovi tufayli issiq havo oqibatida xastalanib qolmoqda, yurak xurujiga uchramoqda.

Shuning uchun hukumat rahbarlarining taqiqlovlariga qarab o‘tirmay, qaytadan uylarga sovitkichlar o‘rnatishni boshlab yuborishdi. Baxtga qarshi, mahalliy rahbarlar sovitkich o‘rnatilgach, oradan bir kun ham o‘tmay, kirib kelib sovitkichlarni olib tashlashga ularni majbur etmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Ashxobod xalqi orasida noroziliklar kuchaya bormoqda.

Darvoqe, shahar rahbarlari poytaxtda estetikani asrab qolish maqsadida, go‘zallikka sovitkichlar soya solib qo‘yayotgani sababli taqiqlov e’lon qilishgan emish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida uylarga sovitkichlar o‘rnatish nima uchun taqiqlangan?