17:12 / 16.08.2018
4 292

Tojik migrantlari: "bizlarni politsiyada suv va ovqatsiz kunlab ushlab turishardi"

Тожик мигрантлари: "бизларни полицияда сув ва овқатсиз кунлаб ушлаб туришарди"
Moskva viloyatidagi Mitisha shahrida mehnat qilayotgan va bir necha kun davomida politsiya idorasida ovqat va suvsiz ushlab turilgan 18 nafar tojik migranti ustidan sud jarayonlari ularning ishtiroksiz bo‘lib o‘tdi. Sud ularni deportatsiya qilish borasida qaror qabul qildi deb yozadi Tnews.uz.

Migrantlar sud qarori bekor qilinishini, shuningdek politsiya va sud tomonidan o‘zlariga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon berilishini talab qilishmoqda.
Tojik migrantlari 9 avgust kuni ushlangan edi, ularga nisbatan chiqarilgan sud qarori hozircha qonunan kuchga kirmadi.
Rasht tumanidan kelgan 39 yoshli Shodmonbek Jomiyev ham ushlanganlar orasida bor edi. U 15 avgust kuni Rossiya hududida besh yil muddatda qonunan ishlashi uchun o‘zida barcha zarur hujjatilar borligini, biroq FMX va politsiya xodimlari bunga e’tibor bermaganliklarini aytdi.

«Men 1997 yildan beri Rossiyada yashab, mehnat qilayapman. Meni yo‘lda ushlashdi, fuqaro libosida bo‘lgan qandaydir haydovchi meni bo‘limga olib keldi. Birodarim ham shu yo‘l bilan ushlandi. Ushlanganlar avvaliga 30 kishi edi, so‘ng 12 kishini ozod qilishdi», — deydi suhbatdosh.
Qolgan 18 kishi bo‘limda bir kecha kunduz ushlab turildi va deportatsiya to‘g‘risidagi qarordan so‘ng qo‘yib yuborildi.
Shodmonbek Jomiyevning aytishicha, politsiya xodimlari migrantlarni Mitisha shahridagi qurib bitkazilmagan binoga olib borishgan, so‘ng qo‘llariga kurak berib videokameraga suratga ola boshlashgan.

«Bu biz noqonuniy ishlayotganimizni isbotlash maqsadida uyushtirilgan inssenirovkaedi. Biz qarshilik ko‘rsata olmadik, chunki ular qo‘llariga qurol olib bizlarga po‘pisa qilishdi», — deydi Jomiyev.
Endilikda 18 nafar kishining hammasining qo‘lida – sudning deportatsiya qilish borasidagi qarori bor. Biroq ular sud jarayonlari o‘zlarining ishtirokisiz bo‘lib o‘tganiga e’tiroz bildirishmoqda va Mitisha shahar prokuraturasiga ariza yozishga qaror qilishdi.

Migrantlarning advokati Karimjon Yorovning aytishicha, avvaliga ular sudya Matrosovga murojaat qilishgan. «Biz muamoni tinch yo‘llar bilan hal qilishni taklif qildik, aks xolda prokuraturaga murojaat qilishimizni aytdik. Biz sud qarori migrantlarning ishtirokisiz noqonuniy chiqarilganini aytdik. U sukut saqladi, chunki noto‘g‘ri qilganini anglab turar edi. Biz sudning bekor qilish borasidagi qarorini kutamiz, aks xolda prokuraturaga murojaat qilamiz», — deydi Karimjon Yorov.

Tojikiston mehnat, migratsiya va aholining ijtimoiy bandligi vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi mazkur ish bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishayotganini aytishdi.

Mitisha shahar politsiyasining vakili hech kim qonunga zid ushlanmaganini — ushlangan migrantlar Rossiya hududldarida bo‘lishga beriladigan ruxsatnoma va patent masalasida muammolari bo‘lganligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojik migrantlari: "bizlarni politsiyada suv va ovqatsiz kunlab ushlab turishardi"