14:12 / 20.08.2018
4 067

Tramp: “Suriyani rivojlantirish uchun AQSHning o‘rniga Saudiya Arabistoni pul to‘laydi”

Tramp: “Suriyani rivojlantirish uchun AQSHning o‘rniga Saudiya Arabistoni pul to‘laydi”
Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqdagi boshqa boy davlatlar Suriyadagi barqarorlashtirish loyihalari uchun AQSHning o‘rniga pul to‘laydi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Tvitter orqali ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar Suriyani rivojlantirish uchun 230 million dollar miqdoridagi tuturuqsiz to‘lovni to‘xtatdi. Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqning boshqa boy davlatlari AQSHning o‘rniga to‘laydi. Men AQSHni, bizning armiyamizni va bizga yordam berayotgan davlatlarni rivojlantirmoqchiman”, – deya yozdi Tramp.

Juma kuni Davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Nauert yozma bayonot tarqatib, Suriyani barqarorlashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishini bildirgan edi. Ayni paytda u AQSH Suriyadagi strategik maqsadlaridan voz kechmasligini ta’kidladi.

Nauertning ma’lum qilishicha, AQSHning xorijlik ittifoqdoshlari va hamkorlari aprel oyidan beri Suriyani barqarorlashtirish uchun qariyb 300 million dollar ajratishga rozi bo‘lgan. Shuning 100 million dollarini Saudiya Arabistoni, 50 million dollarini BAA ajratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Suriyani rivojlantirish uchun AQSHning o‘rniga Saudiya Arabistoni pul to‘laydi”